Опубликовано 6 лет назад по предмету
Другие предметы
от vova13476
переведите текст на русский с узбекского.
Bahor kunlarining birida 6-sinfning qizlari o'zaro gaplashib maktabdan qaytishardi. Shunda Saida o'rtoqlariga qarab dedi: -Qizlar, kelinglar, yakshanba kuni kino ko'rishga boraylik. -Yaxshi bo'lardi, --- dedi Mohira. -Ustozimiz Navro'z bayrami arafasida hovli, ko'chalar tozalansa, keksalar holidan xabar olinsa, juda savob bo'ladi, deb aytdilar. Yakshanba kuni mahallamizdagi Badal amaki va Fozila buvinikiga chiqib, uy ishlariga qarashib kelsak, yaxshi bo'lardi,- deb taklif kiritdi Zulxumor. -E-e, o'zimizning uyda ham ish tiqilib yotibdi. Bir kami birovlarning ishini qilishmidi?-e'tiroz bildirdi qizlardan biri. Zulxumor bilan Muhayyodan boshqa qizlar kinoga ketishdi. Ikki dugona qo'shni qariyalarning uylari, hovlisi, ko'chalarini supurib qo'yishdi. Qariyalar ulardan juda xursand bo'lishdi. Ayting-chi, kim to'g'ri ish qildi? Bunday vaziyatda siz nima qilgan bo'lar edingiz?
Войдите или зарегистрируйтесь, чтобы добавить ответ или свой вопрос на сайт